Porsche’ning sobiq va Volkswagen’ning amaldagi boş direktori Mattias Myuller Volkswagen kompaniyasi dizel dvigatellar bilan boğliq mojarodan söng yana 2-3 yil ötib yana öz mavqeini tiklab olişga barça imkoniyatlarga ega deb aytdi.
Uning aytişiça, köpçilik maşinalarda zararli çiqindilar muammosini dastur orqali tuzatiş mumkin va faqatgina ba'zilarda katalizator va forsunkalarni almaştirişga töğri keladi.
Myullerning aytişiça, ma'lumotlar bilan firibgarliklar AQŞda emas, balki Germaniya hududida amalga oşirilgan bölişi mumkin.
Bundan taşqari, Myuller kompaniyaning dizelli modellarining AQŞ bozoridan ketişi imkoniyatini inkor etmoqda.
Yangi boş direktor dividendlar tölaş borasidagi qaror hali qabul qilinmagani va bu qaror 2016 yilning bahorida aksiyadorlar yiğilişida qabul qilinişi kutilayotganini qöşimça qilib ötdi.
Avvalroq Volkswagen atrofidagi mojaro Yevropa Ittifoqidagi 8 mln ta dizel avtomobilni qamrab olgani ma'lum qilingandi.






