Köpçilik tomoşabinlar orasida ommalaşib ketgan, turk sultoni Sulaymon farzandlarining ayançli taqdiri haqidagi "Muhtaşam yuz yil" turk serialining muxlislari hali köz yoşlarini artib ulgurmasidan Turkiyada serialning davomi – "Muhtaşam yuz yil. Kyosem" serialini suratga oliş işlari boşlandi.
Yangi serial tomoşabinlarni sulton Sulaymondan yuz yildan keyin Usmoniylar imperiyasiga hukmronlik qilgan sulton Ahmad I davridagi voqealar bilan taniştiradi. Sulton Sulaymonning birinçi qonuniy rafiqasi bölgan Aleksandra-Xurram tarixining olamşumul muvaffaqiyatidan keyin serial prodyuseri Temur Savji ekranda Ahmad Birinçining rafiqasi Kyosemning obrazini gavdalantirişga qaror qildi.
Sulton rafiqasining turli davrlardagi rolini tört nafar aktrisa ijro etadi. Ular orasida gollivudlik aktrisa Sara Xayland ham bor. Asosiy davrdagi Kyosemning rolini mallasoç grek aktrisasi Anastasiya Tsilimpou ijro etadi. "Muhtaşam yuz yil" muxlislari Tsilimpouning Xurram xonimning rolini ijro etgan aktrisa Maryam Uzerli kabi maşhurlikka erişişiga unçalik işonişmayapti, biroq aktrisa serialda suratga tuşişi evaziga Gretsiyada katta haq oluvçi 2-raqamli aktrisaga aylandi.
Ma'lumotlarga köra, Kyosemning qizlik paytidagi rolini Beren Saat öynaşi haqidagi bahslar hali ham töxtamagan, çunki aktrisa hali ham serialning birorta afişasida paydo bölmadi.
Yangi serialning birinçi seriyasini Fransiyaning Kann şahrida sulton Sulaymon rolini ijro etgan Xolid Ergençning özi taqdim qiladi. Aktyorning özi serialda rol ijro etişini tasdiqlamadi. Serial dunyo televideniyelarida 2016 yilda paydo böladi.






