6 oktabrda Toşkent şahridagi Turkiston saroyida “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tomonidan qator vazirlik, idora va taşkilotlar bilan hamkorligida ötkazilgan “MIT.uz” III milliy internet tanlovining taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Tanlovda 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan sakkiz yuzdan ortiq internet sayt mualliflari va işlab çiquvçilari iştirok etdi. Unda Uz domenidagi veb-resurslar bilan bir qatorda xorijiy domenlarda joylaştirilgan saytlar ham tanlab olindi.

Eng yaxşi ijodiy işlar ön asosiy va olti qöşimça nominatsiya böyiça saralab olindi.

«Kun.uz» sayti - “Eng yaxşi yangiliklar sayti”;

«Keksalik.uz» sayti - “Keksalarni e'zozlaş yili” Davlat dasturi töğrisidagi eng yaxşi sayt; 

«tarix.uz» sayti - Özbekistonning boy madaniyati, san'ati, tarixi va mustaqillik ğoyasini aks ettirgan eng yaxşi sayt; 

«Umid.zn.uz» sayti - Mahalla, qişloq va şaharlarning obodligi va farovonligini aks ettiruvçi eng yaxşi sayt;


Şuningdek, “Özbekistonning iqtisodiy salohiyatini aks ettiruvçi eng yaxşi sayt”, “Özbekistonning sayyohlik salohiyatini aks ettiruvçi eng yaxşi sayt”, “Davlat boşqaruvi sohasidagi eng yaxşi sayt” va boşqa nominatsiyalar böyiça ham ğoliblar aniqlandi.

Qayd etiş kerakki, 2013-2015 yillar davomida tanlovda jami 2800 nafardan ziyod yigit-qiz iştirok etdi. Ular tomonidan 1300dan ortiq veb-sayt, qariyb 1500 fotosurat, videorolik va fotokolleksiyalar taqdim etildi.

Ta'kidlaş joizki, taqdim etilgan saytlarning 40 foizdan ortiği şu yilda işga tuşirilgan.