Kaspiy dengizidagi harbiy kemalardan Rossiya qanotli raketalarining IŞID obektlari tomonga uçirilişi tasvirlangan video qariyb 2,8 million martaba tomoşa qilindi. Rolik 7 oktabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligining YouTube videoxostingidagi rasmiy kanalida e'lon qilingan edi.

Rolikda Kaspiy dengizida joylaşgan Rossiya dengiz flotining bir qator kemalaridan raketalar uçirilişi jarayoni namoyiş etilgan edi. Şuningdek, kompyuter grafikasi yordamida snaryadlarning uçiş trayektoriyasi ham vizuallaştirilgandi.
Videoyozuvga qoldirilgan izohda yuqori aniqlikdagi “Kalibr NK” kompleksidan öt oçilgani aytilgan. Raketalar muvaffaqiyatli va “yuqori aniqlikda” belgilangan barça nişonlarni yöq qilgani ham xabar qilingan.

Eslatib ötamiz, 7 oktabr kuni Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Şoygu Kaspiy dengizi havzasida joylaşgan 4ta Rossiya harbiy kemasidan Suriyadagi IŞID nişonlariga qarata 26ta raketa uçirilganini ma'lum qilgan edi.