Saudiya Arabistoni boşçiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi samolyotlari Yamanda bölib ötayotgan töy marosimiga ikki marta aviazarbalar berişi oqibatida eng kamida 15 kişi qurbon böldi, 25 kişi jarohatlandi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi guvohlar körsatmasi va xavfsizlik xizmati vakillari sözlariga tayanib xabar berdi.
Aviazarbalar 7 oktabr kuni mamlakat poytaxti Sano şahridan 113 kilometr janubi-şarqdagi Damar provinsiyasiga berilgan. Raketalar töy marosimi ötkazilayotgan vaqtda xusiylar jamoasi rahbarlaridan birining uyiga yöllangan.
Koalitsiya tomonidan hozirça rasmiy izohlar berilmadi.
Eslatib ötamiz, xuddi şunday holat 28 sentabr kuni Yaman janubidagi Al-Mokxa şahri yaqinida joylaşgan Vahija qişloğida ham sodir bölgandi. Töy ötkazilayotgan hududga koalitsiya aviazarbalari berilişi natijasida 130 nafardan ziyod kişi, jumladan, bolalar va ayollar qurbon bölgan edi.






