Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov AQŞlik harbiylar "köpinça" IŞIDga qaraşli bölmagan pozitsiyalarga zarba berayotganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA "Novosti" axborot agentligi.

"Eslatib ötamiz, AQŞ va boşqa harbiy-havo kuçlari bir yildan beri zarbalar bermoqda. Bizda şunday mulohaza qilişga asos borki, ular köpinça terrorçilarga qaraşli bölmagan nişonlarga zarbalar bermoqdalar", deb aytdi Konaşenkov.

Konaşenkov bu haqda AQŞning Rossiya aviatsiyasi IŞIDga qaraşli bölmagan nişonlarga zarba berayotgani haqidagi xabariga izoh bera turib aytib ötdi.

"Bu notöğri. Biz faqat terrorçilarga zarba bermoqdamiz. Afsuski, bu asossiz gaplar. Biz qayerga, qaçon va nima bilan zarba berayotganimiz haqida doimo aniq gapiramiz. Amerikalik siyosatçilar esa, bu kabi vaziyatdagidek, öz sözlarini heç narsa bilan asoslamaydilar", deb qöşimça qilib ötdi Konaşenkov.

Avvalroq Konaşenkov AQŞ rossiyalik harbiylarga IŞID jangarilarining joylaşgan örinlari haqida razvedka ma'lumotlarini taqdim qilişni rad etgani "AQŞ hukumati ehtimol IŞIDni terrorçilik taşkiloti deb hisoblamasligidan darak beradi", deb aytib ötdi.