Rossiya taşqi işlar vazirligi AQŞning IŞID pozitsiyalari böyiça axborot almaşişdan boş tortişiga munosabat bildirib ötdi.

“AQŞ tomonidan Rossiya strategiyasining asosiy unsurlari qayta körib çiqilmaguniga qadar bunday axborotning berilişi imkoniyati bölmasligi borasida xabarlar kelayotgani biz öylagan narsani tasdiqlaydi, bu ham bölsa AQŞ Suriyada milliy yaraşuv va siyosiy jarayonni tiklaşdan uzoq bölgan boşqa maqsadlarni közlamoqda”, - dedi vazir örinbosari Sergey Ryabkov.

Uning sözlariga qaraganda, bu AQŞning ixtilofdagi örni haqidagi masalani köndalang qöyadi: “Bu bilan AQŞ hamda uning boşçiligidagi xalqaro koalitsiya özlarini murakkab vaziyatga qöyadi, va ular kimning tomonida uruş qilyapti, degan savol tuğiladi”.