AQŞning NATOdagi doimiy vakili Duglas Lyut Suriyada bir batalon miqdorida rossiyalik harbiylar borligini ma'lum qildi, deb yozmoqda The Wall Street Journal naşri.

Şu bilan birga, Lyut Suriyada Rossiya harbiylar guruhini tuzişdan maqsad hali aniq emasligini ta'kidlab ötdi. Uning aytişiça, harbiylar raketa artilleriyasi va zamonaviy tanklar bilan qurollangan.

"Biz ular nima qilmoqçi bölayotganliklarini kuzatib boramiz. Lataqiyadagi Rossiya guruhi faqatgina harbiy bazani himoya qiliş uçun yaratilmagan, degan taxminlar bor", deb qöşimça qilib ötdi Lyut.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konaşenkov Suriyada 50 dan köproq samolyot va vertolyot borligini aytgan edi. Uning aytişiça, Lataqiyadagi harbiy bazani qöriqlaş uçun aloqa vositalariga ega dengiz piyoda askarlari batalon guruhi jalb qilingan.

Ma'lumot uçun, bir batalonda 800 gaça harbiy bölişi mumkin.