2016 yildan Özbekiston Ravon brendi ostida bir qança yangilangan modellarni Rossiya avtobozoriga eksport qilişni boşlaydi. Bu haqda “Özavtosanoat” kompaniyasining sayti orqali xabar berildi.

Ilgari xabar qilinganidek, Özbekistonda işlab çiqarilgan avtomobillar endilikda Rossiya avtobozorida uşbu brend ostida sotiladi. Özbekiston avtomobilsozlari bugun Moskvada Uz-Daewoo markasining davomçisi hisoblangan yangi Ravon brendi taqdimotini ötkazdilar.

“Vaqt sinovidan ötkazilib, yangidan yaratilgan” şiori bilan taqdim etilayotgan yangi brend – Ravon sözi “yengil, toza yöl” ma'nolarini bildiradi. Oxirgi ikki yil içida kompaniyamiz Daewoo markasi xaridorlarining didlari va ehtiyojlarini örganib çiqdi va ular avtomobillarda xatarli tajribalardan köra hamyonbop narx va vaqt bilan sinalgan sifatlarni körişni istaşlarini aniqladi”, - dedi taqdimot marosimida sözga çiqqan “Özavtosanoat” AK boşqaruvi raisi örinbosari Tohirjon Jalilov.

Daewoo avtomobil markasi Daewoo International kompaniyasiga tegişli bölib, GM Uzbekistan AJ kelişuvga muvofiq faqatgina eksport qilinayotgan avtomobillarida uşbu tamğadan foydalanayotgan edi. Uşbu kelişuv muddati tugayotgani bois yangi brend yaratildi.
Joriy yilda yangi brend faqatgina yangi belgilarga ega Matiz va Gentra avtomobillarini sotadi. Xususan, Ravon Matiz ABS, xavfsizlik yostiqlari, immobilayzer, yangi bamperlar, optika va radiator panjarasi bilan ta'minlanadi. Ravon Gentra esa restayling qilindi.

2016 yilda özbek avtomobilsozlari öz modellar qatorini Ravon R2 (Chevrolet Spark 2010 muqobili), Ravon Nexia R3 keyingi avlod sedani (Chevrolet Aveo 2008 muqobili) hamda butunlay yangi Ravon R4 (Chevrolet Cobalt) hisobiga kengaytirişni rejalaştirmoqda. Keyinroq modellar qatori bir neçta S sinfidagi maşinalar va ixçam krossover hisobiga töldiriladi.