IŞID terrorçilik guruhi AQŞ uçun "Al-Qoida"dan köra kattaroq xavf solmoqda, deb aytdi 8 oktabrda AQŞ kongressida AQŞ Milliy aksilterrorçilik markazi rahbari Nikolas Rasmussen.  

"IŞID zöravonlikni tarğib qiluvçi global ekstremistik harakat yetakçisi sifatida "Al-Qoida"dan ötib ketdi", deb aytdi Rasmussen Senatning içki xavfsizlik qömitasidagi nutqi davomida.

Rasmussenning aytişiça, terrorçilikka qarşi kuraşiş böyiça mutaxassislar "Al-Qoida"ning Yamandagi bölinmasini AQŞga hujum qilişni rejalaştirayotgani uçun hanuzgaça katta xavf deb hisoblamoqdalar.