Jahon banki mutaxassislari har yili dunyo mamlakatlarida tadbirkorlik faoliyatini yuritiş uçun yaratilgan şart-şaroitlar darajasini baholaşga qaratilgan Doing Business 2015 reytingini e'lon qilişadi. Uşbu reytingga 189 davlatning körsatkiçlari kiritiladi.

BMT taraqqiyot dasturi ekspertlari 2016 yilgi hisobotda Özbekiston “Xalqaro savdo” indikatori böyiça poğonalar böylab ança yuqorilaşini kutmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi taşkilot vakillariga tayangan holda ma'lumot berdi.

Taraqqiyot dasturida tayyorlangan tahliliy materialda ta'kidlanişiça, Özbekiston hukumati va Jahon banki örtasidagi kelişuvlarga binoan eksport-import operatsiyalarini baholaş metodikasiga özgartiriş kiritişga muvaffaq bölindi. Xususan, endilikda mamlakatning geografik joylaşuvi baholana boşlaydi.

“Natijada eksportdagi barça jarayonlarni ötiş bilan boğliq xarajatlarning baholanişi 5.09dan 1.89 ming dollargaça tuşişi kutilmoqda (63 foizlik tuşiş), importda esa bu tuşiş 6.45dan 2.25 minggaça böladi (65 foizga tuşiş)”, – deyiladi hujjatda.

Özining yangi hisobotida mana şu yangi metodikadan foydalansa, Jahon banki Özbekistonning bu boradagi körsatkiçlarini ham ança kötaradi. Asosiy urğu jarayonlarning ötiş vaqti va tölovlariga qaratiladi.