“Çegarasiz şifokorlar” xalqaro taşkilotining ma'lum qilişiça, Qunduz şahridagi tibbiy markazga uyuştirilgan hujumdan söng hanuzgaça 33 kişining taqdiri noma'lumligiça qolmoqda. NBC telekanalining eslatib ötişiça, 3 oktabr kuni şifoxonaga bomba taşlanişi oqibatida 22 kişi halok bölgan edi.

Ayni kunlarda 24 xodim va 9 bemordan darak olib bölmayapti. Hujum çoğida binoda 200dan ortiq odam, şu jumladan, 105 bemor bölgan.
“Qunduzdagi şifoxonaning travmatologiya markazida 461 kişi işlaydi. Biz ulardan 24 nafarining holidan xabar ololmayapmiz. Ular dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda”, - dedi taşkilot vakili Gilem Moline.