«Özbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga asosan rejissyor Mansur Abduxoliqov tomonidan suratga olingan «Quduq» badiiy filmi 13-29 noyabr kunlari XIX marotaba taşkil etiladigan Tallin (Estoniya) xalqaro kinofestivalining tanlovdan taşqari dasturiga kiritildi. Bu haqda «Özbekkino» MA xabar bergan.

«Qora tunlar» (Black Nights) Tallin xalqaro kinofestivali 1997 yildan beri muntazam ravişda taşkil etib kelinayotgan bölib, 2011 yili Xalqaro kinoprodyuserlar assotsiatsiyalari federatsiyasi tomonidan rasman tan olingan, 2014 yili esa «A» toifasidagi kinofestivallar qatoriga kiritilgan. Ma'lumot uçun, ayni vaqtda jahon böyiça «A» toifasidagi kinofestivallar soni 15ta bölib, Berlin, Kann, Venetsiya, Karlovi Vari, Varşava va San-Sebastyan kabi nufuzli xalqaro kinofestivallari şular jumlasidandir.

2014 yilgi Tallin xalqaro kinofestivalida turli tanlov va tanlovdan taşqari dasturlar doirasida 500dan ortiq badiiy, qisqa metrajli va animatsion filmlar qariyb 80 ming tomoşabin e'tiboriga havola etildi. Festivalni jahonning 50 mamlakatidan taşrif buyurgan 649 nafar nufuzli mehmonlar va akkreditatsiyadan ötgan jurnalistlar kuzatib bordi.

2014 yili suratga olingan «Quduq» badiiy filmi voqealari sobiq Ittifoq davrida, daşt bağridagi qişloqda bölib ötadi. Boş qahramon Lallay bir umr qişloq ahliga quduq qazib beriş bilan şuğullanadi. U qilgan mehnati uçun heç kimdan heç narsa ta'ma qilmaydi, hayotining mazmunini odamlarga yaxşilik qilişda, ularning oğirini yengil qilişda deb biladi.

Film boş qahramoni quduq qaziş jarayonida turli voqealarga guvoh böladi, turfa tabiatli kişilar bilan muloqot qiladi. Hayotda körgan-keçirganlarini umumlaştirib, öziça muayyan xulosalar çiqaradi. Filmda aktyorlardan Muhammadiso Abulhayirov, Lola Eltoyeva, Abduxalil Mignorov, Yulduz Hamidova, Farhod Xudoyberdiyev, Sayfiddin Meliyev kabilar suratga tuşgan.

«Quduq» filmi bungaça 2014 yili Rossiyaning Anapa şahrida taşkil etilgan XXIII «Kinoşok» kinofestivali, 2015 yili esa XI Qozon xalqaro kinofestivalining asosiy tanlov dasturida qatnaşgan edi.

Hozirgaça bir qator badiiy, hujjatli va multplikatsion filmlarimiz, jumladan, «Quduq» filmi ham AQŞ, Germaniya, Xitoy, Rossiya, Avstraliya kabi 10dan ortiq mamlakatlardagi xalqaro kinofestivallarning taşkiliy qömitalariga saralaş bosqiçi uçun yuborilgan va bu boradagi işlar davom etmoqda.