Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov Pentagon rahbari Eşton Karterning Rossiya yaqin kunlarda Suriyada harbiy yöqotişlarga uçraşi mumkin, degan gapiga izoh berib ötdi.

"AQŞ harbiylarining butun dunyo böylab turli operatsiyalardagi harakatlariga baho berişda Rossiya Mudofaa vazirligi amerikalik askarlarning halok bölişini kutiş kabi tubanlikka bormagan. Oddiy amerikaliklar haqida esa gapirmasa ham böladi. Pentagon rahbari Eşton Karterning bugungi gapi AQŞ hukumati ba'zi vakillarining siyosiy madaniyati darajasini yaqqol körsatadi.

Aniqroği – ularning qolgan dunyoga nisbatan orsizligi, surbetligi darajasini körsatadi. Işonamanki, birorta ham amerikalik general heç qaçon öziga bunday gap aytişga yöl qöymagan bölardi", deb aytilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot-bayonotida.

Avvalroq Eşton Karter Rossiya yaqin kunlarda Suriyada jiddiy yöqotişlarga uçraşi mumkinligini aytgan edi. U, şuningdek, rossiyalik harbiylarni noprofessionallikda aybladi – AQŞ tomoni ma'lumotlariga köra, Rossiya harbiylari otgan raketalar AQŞ uçuvçisiz parvoz qurilmasi yonidan bir neça mil uzoqlikda uçib ötgan.

Rossiya Boş ştabida Rossiyaning IŞID pozitsiyalariga otgan "Kalibr" qanotli raketalari yönalişi kimsasiz hududdan ötgani ta'kidlab ötildi.