2015 yilgi Tinçlik uçun Nobel mukofotini Tunis milliy dialogining vakillari bölmiş “törtlik” oldi. Ğoliblarni Norvegiya Nobel qömitasi raisi Kasi Kullmann Five e'lon qildi.

“Törtlik” 2013 yili, mamlakatning buriliş pallasida şakllantirilgan edi. 2011 yildan Tunisda töpolonlar boşlangan edi, buning oqibatida Ikkinçi Yosuman inqilobi bölib ötib, prezident Zayn ul-Obidin bin Ali hokimiyatdan ketgan edi.

Qömita 273 nomzodni körib çiqdi, ular orasida Germaniya kansleri Angela Merkel, AQŞ davlat kotibi Jon Kerri va Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zariflar bor edi.