"Liverpul" jamoasining yangi tayinlangan boş murabbiyi Yurgen Klopp özining Angliyaga kelişidan oldin, "Bavariya" jamoasiga ötişi ham mumkin bölgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi.
"Men "Bavariya"ga ötiş böyiça muzokara ötkazmaganman. Ular ham menga murojaat qilişmagan.
"Bavariya" katta jamoa. Lekin ular meni çaqirişlari uçun emas, ta'til uçun "Borussiya"dan ketgandim.
Men kelajak böyiça rejalar tuzmayman va işontirib aytamanki, "Bavariya"ga ötişni rejalaştirmagandim.
Umid qilamanki, Gvardiola bu jamoada yana 10 yil davomida qoladi.
Öz faoliyatim davomida köp jamoalarda işlaşni istamayman. Ha, boşqa jamoalardan ham takliflar bölgandi, lekin faqat "Liverpul" men bilan jiddiy muzokaralar ötkazdi", deydi murabbiy.






