24 sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan tiqilinçda halok bölganlar soni 1400 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Assoşieyted Press agentligi.
Saudiya Arabistoni hukumati 26 sentabrdagi qurbonlar soni haqida rasmiy axborot bermadi. Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligining ma'lum qilişiça, tiqilinçda 769 nafar kişi halok bölgan, 863 kişi jarohatlangan.
Rasmiy ma'lumotlarga tayangan agentlikning xabar berişiça, 100 dan ziyod mamlakatdan kelgan ziyoratçilar orasidan, 18 mamlakat fuqarosi halok bölgan. Şular orasidan, 465 nafar eronlik, 148 nafar misrlik, 120 nafar indoneziyalik, 99 nafar nigeriyalik halok bölgan, deb xabar bermoqda agentlik.
Şuningdek, ular orasida Pokiston, Hindiston, Mali, Bangladeş, Senegal, Benin, Kamerun, Efiopiya, Marokaş, Jazoir, Gana, Çad, Keniya va Turkiya fuqarolari bor.






