Pentagon Intelsat kompaniyasining ikkita uskunasiga xavfli darajada yaqinlaşgan Rossiyaning “Luç” (“Nur”) sun'iy yöldoşining xatti-harakatlari sababli ekspertlar va harbiylar bilan bir qator yiğilişlar ötkazdi. Bu haqda Space News naşri xabar qildi.

Naşr ma'lumotiga köra, Rossiya uskunasi beş oy davomida Intelsat 7 va Intelsat 901 sun'iy yöldoşlari örtasidagi geostatsionar orbitada harakat qilgan. U 2014 yil sentabr oyida uçirilganidan yetti oy ötib, bir neçta manyorvlarni amalga oşirgandan söng uşbu orbitani egallagan.

Sönggi vaqtlarda “Nur” bir neça marotaba Intelsat sun'iy yöldoşlariga xavfli daraja (10 kilometrgaça)da yaqinlaşgan. Sun'iy yöldoş mutaxassislari şu munosabat bilan xavotirga tuşib, Pentagondan yordam söragan, şuningdek, Rossiya tomoniga murojaat yuborgan.

Naşrning ma'lum qilişiça, ular hali ham javob olmagan.
“Bu normal holat emas va biz xavotirdamiz”, - dedi Intelsat prezidenti Key Sirs Space News bilan bölib ötgan intervyuda. Kompaniya Rossiya uskunasining Intelsat 7 va Intelsat 901 sun'iy yöldoşlari faoliyatiga salbiy ta'sir körsatmasligiga çaqirmoqda.