Joriy yilning yozida OAVlarda Sirdaryo viloyatining Xavot tumani Karvonsaroy mahallasida 12-maktab öqituvçisi Muhayyo Mirzaliyevaning uyidagi ta'mirlaş işlarida mezozoy davriga tegişli dinozavr qoldiqlari topilgani haqidagi yangilik tarqatilgan edi. Bu yangilik ijtimoiy tarmoqlarda, onlayn-naşrlarda keng muhokama qilindi: kimdir bu topilmadan qoyil qolgan bölsa, kimdir bu suyaklar unçalik ham qimmatli emasligi haqida tanqidiy fikr bildirgan.
Ulardan qaysi birlari haq ekanligi borasidagi bahsga olimlar nuqta qöyişdi. Bu haqda Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedşoyev Uzbekistan Today naşriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
“Uşbu şov-şuvli holat böyiça Özbekiston madaniyat va sport işlari vazirligi va Davlat Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasi bilan ilmiy ekspeditsiya uyuştirildi. Unning tarkibiga muzeyning uç nafar xodimi kirdi.
Qoldiqlar tekşirilganda, ularga 100-200 yil ekanligi yaqqolgina qörinib turgan. Körib turganingizdek, u paytda nafaqat Özbekiston, balki butun sayyorada ham dinozavrlarning bölişi mumkin emasdi.
Biz qoldiqlar topilgan joyni ham kuzatib çiqdik, bu yerda barça alomatlarga köra heç qanaqasiga dinozavr qoldiqlari saqlanib qolinişi mumkin emasdi.
Qoldiqlarning batafsil örganilişi barça şubhalarga çek qöydi. Paleontologlar tişlar qurilişi böyiça qoldiqlarning qaysi turga mansubligini aniqlaydigan asosiy alomat hisoblanadi. Bu qoldiqlar dinozavrlarga emas, balki muşuksimonlar oilasiga mansubligi alomatlari körinib turibdi. Biz muşuksimon jonzot bilan töqnaş kelganimizdan uning boş çanoği suyagi ham darak bermoqda.
Sirdaryolik mutaxassislarni yangliş xulosa çiqarişga, körinişiça, ularning suyaklarni notöğri yiğib çiqqanlari sabab bölgan. Ular yiqqan suyaklardan dinozavrga öxşaş tasvir paydo bölgan.
Bu qoldiqlar qaysi turga mansubligini aniqlaşgina qolgan. Bizning dastlabki xulosamizga köra, bu qamiş muşugidir. Biroq bu masalada oxirgi sözni hozir qoldiqlarni batafsil örganişni boşlagan zoologlar aytadi”, deb aytmoqda Ahmadjon Ahmedşoyev.






