Toşkent şahrining Yaşnobod tumanidagi kasb-hunar kollejlaridan birida bölim boşliği lavozimida işlab kelgan Şokir Hamdamov öquvçidan pora oliş ustida qölga tuşib, qamoqqa olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar berdi.

Aytilişiça, Nosir Şoimov ismli öquvçi 3-4 oy mobaynida kasalligi uçun öqişga qatnay olmagan. Ammo tegişli hujjatlarni vaqtida olib kelmagani bois öqituvçilar uni darsga va imtihonlarga kiritmagan, natijada u kursdan kursga qolişiga töğri kelgan.
Öz muammosini hal qiliş uçun Şoimov direktorga uçragan, lekin uning xonasidan quruq qöl bilan qaytib çiqqan. Bu ahvolni körgan Ş. Hamdamov bolaga yaqinlaşib, 1 mln söm evaziga iş “hal qilib” berişini aytgan.

Undan pul tama qilinganidan jahli çiqqan öquvçi tegişli taşkilotlarga murojaat qilgan. Natijada poraxör undan 200 dollar va 200 ming söm olayotgan paytda qölga olingan.