Qöşiqçilar Keti Perri va Kristina Agilera demokratlar partiyasidan AQŞ prezidentligiga öz nomzodini qöygan Xillari Klintonni qöllab-quvvatlaşliklarini ma'lum qildi, deb yozadi The Hollywood Reporter.

Kristina Agilera va uning turmuş örtoği Mettyu Ratler şu masala yuzasidan Klintonlarning Los-Anjyelesdagi uyida mablağ töplaş marosimini ötkazişdi.
Ma'lum bölişiça, AQŞ sobiq davlat kotibining Los-Anjyelesdagi taşrifiga köplab maşhur kişilar qatnaşgan. Klinton xonimni qöllab-quvvatlaş işlariga Keti Perri ham qöşilgan. U bir paytlar AQŞning hozirgi prezidenti Barak Obamani ham qöllab-quvvatlab çiqqan edi.