Kuba şimoli-şarqidagi Kamaguey provinsiyasida röy bergan yöl-transport hodisasi natijasida 13 kişi hayotdan köz yumdi, 20 kişi jarohat oldi. Bu haqda Milliy axborot agentligi xabar qildi.
YTH odamlarni olib ketayotgan yuk maşinasining provintsial markaz va Santa-Krus-del-Sur aholi punkti oraliğida ağdarilib ketişi natijasida yuzaga kelgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, transport vositasi haydovçisi boşqaruvni yöqotib qöygan. Xabarda aniqlik kiritilişiça, halok bölganlar orasida bir nafar voyaga yetmagan bola ham bor. Jarohat olganlar Kamaguey şahri şifoxonasiga yetkazilgan.