Hurmatli öquvçilar! Yurtimizda xafta davomida (5-11 oktabr) sodir bölgan xabarlar xronikasini e'tiboringizga takroran havola etamiz.

Toşkentda ŞHT sammiti arafasida Hyatt Regency mehmonxonasi foydalanişga topşiriladi>>

Toşkentda bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti arafasida xalqaro toifadagi Hyatt Regency mehmonxonasi foydalanişga topşiriladi.

Paralimpiya. Özbekiston vakillari Osiyo-Tinç okeani öyinlarida 3ta medal oldi>>

Tayoyuan şahrida (Tayvan) eşitiş qobiliyatini yöqotgan sportçilar örtasida ötkazilayotgan Osiyo-Tinç okeani öyinlarida özbekistonlik taekvondoçilar uçta bronza medalga sazovor böldi.

Toşkentdagi lyuks mehmonxona qurilişi pensiya jamğarmasi hisobiga davom ettiriladi>>

Özbekiston hukumati poytaxtdagi beş yulduzli Hyatt Regency mehmonxonasi qurilişini Jamğarib boriluvçi pensiya tizimi mablağlari hisobiga nihoyasiga yetkaziş töğrisida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Sputnik agentligi muxbiri.

Özbekistonlik muftiy dunyodagi eng nufuzli musulmonlar qatorida e'tirof etildi>>

Özbekiston boş muftiysi Usmonxon Alimov Iordaniyaning Amman şahridagi Qirollik strategik islom tadqiqotlar markazi tomonidan tuzilgan dunyoning eng nufuzli musulmon kişilari röyxatida qayd etildi.

Toşkent va Boku xalqaro avtomobil qatnovlari haqidagi özaro bitimni imzoladi>>

Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida joriy yilning 29-30 sentabr kunlari Özbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining vakolatli organlari vakillari iştirokida ekspert uçraşuvi bölib ötdi.

Kun.uz “Eng yaxşi yangiliklar sayti” nominatsiyasi ğolibi böldi>>

6 oktabrda “Turkiston” saroyida yoşlar örtasida “MIT.uz” milliy internet tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan sakkiz yuzdan ortiq internet sayt muallif va işlab çiquvçilari qatnaşdi.

«Özbekenergo» 2016 yildan foydalanilgan elektr energiyasini hisoblovçi yangi elektron uskunalar örnatadi>>

Milliy matbuot markazida «Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyati faoliyatini yanada takomillaştiriş va sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş hisobidan foydalanilgan elektr energiyasi uçun hisob-kitob intizomini mustahkamlaşga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.

Qirğiziston Özbekistonga boradigan suvni tösib qöymoqda>>

Jalolobod viloyati Alobuqa tumani rahbariyati Namangan viloyatining Yangiqörğon tumani aholisiga boradigan suvni deyarli tösib qöydi.

Özbekistonda yil oxirigaça 1 mln elektr hisoblagiçlar örnatiladi>>

Özbekistonda yil oxirigaça 1 mln elektr hisoblagiçlar örnatiladi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar bermoqda.

Samarqand şahrida dabldekerlar harakati yölga qöyiladi>>

Samarqandda dastlabki ikki qavatli avtobus – dabldekerlar harakati yölga qöyiladi. Bu haqda «Özbekturizm» korxonasi vakili Farrux Rizayev Toşkentdagi sayyohlik yarmarkasi vaqtida ma'lum qilgan deb yozadi Sputnik naşri.

Toşkent va Aşxobod özaro hujjatlar paketini imzoladi>>

8 oktabr kuni Toşkentda bölib ötgan özbek-turkman muzokaralari yakuniga köra turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişga qaratilgan hujjatlar paketi imzolandi.

Toşkent köçalarini yoritişda zamonaviy texnologiyalardan foydalanilmoqda>>

Toşkent köçalarini yoritişda zamonaviy texnik yeçimlardan foydalanilmoqda. Bu haqda ÖzFA Fizik-texnik institut “Fizika-Quyoş” ilmiy-işlab çiqariş birlaşmasi katta ilmiy xodimi X. Sobirov aytib ötdi.

Özbekiston Rossiyaga avtomobil eksport qiliş hajmini 51 foizga kamaytirdi>>

Özbekiston avtomobilsozlari 2015 yilning yanvar-sentabr oylarida avtomobil eksporti hajmini 51 foiz yoki 15498 donaga qadar qisqartirdi.

"Özbekenergo" AJ 5 mln dona zamonaviy elektron hisoblagiçlar örnatişni rejalaştirmoqda>>

"Özbekenergo" aksiyadorlik jamiyati tomonidan elektr energiyasini nazorat va hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimi joriy etilgan.

Prezidentlar muzokaralar ötkazişdi va Toşkent böylab sayohat qilişdi>>

Avval xabar qilinganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 7 oktabr kuni rasmiy taşrif bilan mamlakatimizga keldi.

Özbekiston mudofaa vaziri Rossiyaga taklif qilindi>>

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu özbekistonlik hamkasbi general-polkovnik Qobul Berdiyevni Moskvaga kelişga da'vat etdi. Bu taklif Özbekiston mudofaa vaziriga Şoyguning örinbosari Anatoliy Antonov tomonidan yetkazildi.

Özbekiston avtomobilsozlari Moskvada yangi Ravon brendi taqdimotini ötkazişdi>>

Özbekiston avtomobilsozlari Moskvada Uz-Daewoo markasining davomçisi böladigan yangi Ravon brendi taqdimotini ötkazdilar. Ravon brendining şiori quyidagiça: "Vaqt bilan sinalgan, yangidan yaratilgan".

«Özbekiston temir yöllari» çiptalarni internet orqali sotişni yölga qöyadi>>

2015 yilning 12 oktabr kunidan boşlab "Afrosiyob" tezyurar poyezdlari uçun çiptalarni elektron şaklda xarid qiliş mumkin böladi. Bu haqda «Özbekiston temir yöllari» OAJ matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Özbekistonda bir iste'molçiga yiliga örtaça 3 ming kub metrdan ortiq tabiiy gaz töğri kelmoqda>>

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi yiğilişida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta'minlaşning bugungi holati, sohaga oid huquqiy hujjatlarni takomillaştiriş böyiça taklif va tavsiyalar işlab çiqişga doir axborot tinglandi.

Özbekistonda traktorlarga dalaning özida gaz quyiladi>>

Özbekistonda qişloq xöjalik texnikalarida siqilgan tabiiy gazdan foydalanişga ötiş böyiça sinov dasturi amalga oşirilmoqda, deya xabar berdi Sputnik Qişloq va suv xöjaligidagi axborot manbasiga tayangan holda.

Bombardier Özbekiston bilan hamkorlikni kengaytiradi>>

Noyabr oyi boşida Özbekistonda Xalqaro investitsiya forumi boşlanadi. Unda köplab xorijiy hamkorlar va işbilarmon doira vakillari iştirok etiş istagini bildirgan.

Poytaxtdagi Dörmon yöli bilan Boğişamolni boğlovçi avtomagistral qurilişi davom ettirilmoqda>>

Avval xabar qilinganidek, «Özavtoyöl» kompaniyasining Toşkent Köprik xöjaligini saqlaşga ixtisoslaştirilgan ta'mirlaş-foydalaniş korxonasi (KXSITFK) mutaxassislari tomonidan Toşkent şimoli-şarqida poytaxtning ikkita serqatnov - Boğişamol va Mirzo Uluğbek köçalarini tutaştiradigan yöl uçastkasi qurilmoqda. Mytashkent.uz saytining xabar qilişiça, bugungi kunga kelib, magistral qurilişida asosan asfaltning sönggi qatlamini yotqiziş işlari qolgan.