Özbek futboli yana bir oğir judolikka uçradi. Bugun, 10 oktabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolçisi Dilmurod Nazarov 39 yoşida bu yoruğ olamni tark etdi.
Kun.uz saytining barça xodimlari marhumning yaqinlari, xususan uning akasi, yana bir sobiq futbolçi Yorqin Nazarovga çuqur hamdardlik bildiradi.
Marhumning janozasi bugun asr namozi mahalida öqilgan.
Ma'lumot uçun, 1976 yilning 12 aprelida tuğilgan Dilmurod Nazarov professional futbolçilik faoliyatini 1992 yil "Paxtakor" safida boşlagan. Ikki yil davomida uşbu klub şarafini himoya qilgan futbolçi Özbekiston çempioni (1992) va Özbekiston kubogi (1993) sohibiga aylangan.
1993 yilda Qozoğistonning "Ordabasi" klubida öynab yana "Paxtakor"ga qaytgan Dilmurod Nazarov 3 yil davomida "şerlar" safida yana çempion (1998) va kubok sohibi (1997) böldi. 1995 yilda Özbekistonning eng yaxşi futbolçisi sörovnomasida 2-örinni egalladi.
1999 yilda Toşkentning "Traktor" va Çimkentning "Ordabasi" klubida faoliyat olib bordi.
Keyingi yil "Paxtakor"da, 2001 yilda esa "Surxon" klubida öynagan. Qisqa muddat Qozoğistonning "Taroz" jamoasi şarafini himoya qilgan. Qozoğistonda "Qaysar", "Yassi Sayram" va "Ordabasi" kabi klublarda öynadi.
2006 yilda Namanganning "Navbahor" klubi safida öynab, mavsum söngida futbolçilik faoliyatini yakunlagan.
Marhum futbolçi Özbekiston milliy terma jamoasi safida 1995-1997 yillarda 10ta öyinda maydonga tuşgan. 1996 yilda Osiyo Kubogida iştirok etgan.






