Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konaşenkov Pentagon bilan Suriyada harbiy aviatsiya parvozlari xavfsizligini ta'minlaş böyiça kelişuvga erişişdagi ijobiy özgarişlar haqida sözlab berdi. Bu haqda TASS ma'lum qildi.

Uning aytişiça, Rossiya va AQŞ mudofaa vazirliklari ekspertlari örtasida Suriyada harbiy aviatsiya parvozlari xavfsizligini ta'minlaş böyiça ikkinçi videokonferensiya bölib ötdi.

Ta'kidlanişiça, videokonferensiya jarayonida Rossiya va AQŞ takliflari batafsil muhokama qilindi. Konaşenkovning qayd etişiça, muhokamalar professional va konstruktiv ruhda ötkazildi.

Bundan avvalroq Konaşenkov Rossiya zarba guruhlari tomonidan sönggi bir kun içida IŞIDning 63ta obektiga 64 marta parvoz amalga oşirilganini xabar bergan edi. Natijada terroristik taşkilotning 54ta obekti, jumladan, bitta dala qömondonligi punkti, törtta lager, yettita öq-dori ombori, artilleriya va minomyot batareyalari yöq qilindi.