Maşhur Aerosmith rok guruhi yetakçisi Stiven Tayler AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Trampga saylovoldi kampaniyasida uning qöşiqlaridan foydalanişni taqiqladi. Bu haqda AR agentligi xabar bermoqda.

Milliarderning ştabi Dream On balladasidan köp foydalanadi. 10 oktabr kuni Taylerning yuristlari bu va boşqa qöşiqlarni işlatmaslikni talab qilib ikkinçi ogohlantiriş maktubini yölladilar.

Ularning aytişiça, bunday musiqadan foydalanilişi guruh göyoki Tramp nomzodligini qöllab-quvvatlaydi, degan yangliş tasavvur uyğotişi mumkin.
Huquqşunoslar bunda mualliflik huquqining buzilişini körmoqda. Tramp ştabi hozirça bunday ayblovlarga javob bermadi.