AQŞda Southwest Airlines aviakompaniyasining yuzlab reyslari kompaniya kompyuter tarmoğidagi texnik nosozlik sababli uşlanib qolmoqda, deya xabar qildi Assoşieyted Press agentligi.
Aviakompaniya vakillari yölovçilarni aeroportga ortiqça ikki soatça zaxira vaqti bilan keliş haqida ogohlantirdi. Ayni paytda nosozlik sabablari aniqlaştirilgani yöq, biroq kompaniya vakillari bir qator taxminlar içida xakerlar hujumini mustasno qilişmoqda. Texnik mutaxassislar esa nosozlikni bartaraf etiş işlari bilan band.
Los-Andjyeles xalqaro aeroportida aviakompaniya xodimlari yölovçilarga qöniş talonini qölda topşirayotgani aeroport zallaridan uzun navbatlarning paydo bölişiga olib kelmoqda. Şu sababdan yölovçilar öz parvozlarini uzoq vaqt kutişga majbur bölayapti.
Xabarlarga köra, texnik nosozlik tufayli butun AQŞ böylab aviakompaniyaning 450dan ziyod reyslari uşlanib qolgan.
Yölovçilarni röyxatdan ötkaziş tizimidagi nosozlikning qaçon bartaraf etilişi haqida axborot berilgani yöq.






