Hurmatli öquvçilar, tugayotgan haftada (5-11 oktabr) röy bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.
Rebrending: Ravon Rossiya bozorlarida>>

Moskva şahrida Ravon nomli yangi avtomobil brendining taqdimoti bölib ötdi. Bu marka ostida GM Uzbekistan zavodining Daewoo Matiz, Gentra, Chevrolet Spark, Cobalt va Aveoning keyingi avlodlari modellarini sotiş rejalaştirilmoqda.
Özbek olimlari avtotransport vositalarining davlat raqamlarini aniqlovçi dasturiy ta'minot işlab çiqişdi>>

«ABL-Soft&SS» mas'uliyati çeklangan jamiyati xodimlari «AutoCon TR.uz» nomli avtotransport vositalarining davlat raqamlarini va ularning tezligini videotasvirlar oqimi orqali avtomatik aniqlaş uçun dasturiy ta'minot işlab çiqdi.
Interbrand jahondagi eng qimmat brendlar nomini e'lon qildi>>

Interbrand brend-konsalting agentligi har yili (16-marta) ötkazib kelinayotgan jahonning eng qimmat 100 ta brendi röyxatini e'lon qildi.
Nokia 1100 - dunyo böyiça eng köp sotilgan telefon ekani aniqlandi>>

Nokia 1100 telefoni dunyoda eng köp sotilgan telefon ekani ma'lum böldi. Buhaqda PhoneArena internet resursi öz tahlillarida ma'lum qilib ötgan.
Italiyaliklar dunyodagi eng ulkan tortni pişirişdi>>

Italiyada dunyodagi eng yirik tort sifatida tan olingan şirinlik tayyorlandi. Bu haqda The Local naşri xabar bergan.
Yaponiyada barça fuqarolar uçun 12 katakli şaxsiy raqamlar joriy qilinadi>>

Yaponiyada kuçga kirgan yangi qonunga köra mamlakatning barça fuqarolariga tuğilganidan boşlab 12 katakli maxsus raqamlar berilib, ular turli röyxatga va hisobga oliş işlarini yengillaştiriş hamda unifikatsiya qiliş masalasini yengillaştirişga qaratiladi.
Germaniyada sayyohlar uçun 365 metrlik osma kanat köprik oçildi>>
Germaniyada Zosberg munitsipaliteti (Reynland-Pfalts yeri) yaqinida mamlakatdagi eng uzun osma kanat ko‘prik oçildi. T Online naşrining ma'lum qilişiça, uning uzunligi 365 metrni taşkil qiladi.
Çikago özbeklarida Hoji Bobo Qor Boboning örnini bosmoqda>>

AQŞning Çikago şahrida istiqomat qiluvçi özbek diasporasida öziga xos an'ana şakllanib qoldi. Aytilişiça, u musulmon an'analari bilan bir qatorda özbek özligini saqlab qolişga ham ma'lum yordam beradi.
Toyota yana bir bor dunyoning eng qimmat avtomobil brendi deb topildi>>

Yaponiyaning Toyota avtomobil markasi ketma-ket 12- marotaba dunyoning eng qimmat avtomobil brendi deb topildi. Umumiy röyxatda esa yapon avtomobil işlab çiqaruvçisi oltinçi örinni band qildi. Interbrand bahosiga köra, mazkur marka qiymati 49,048 milliard dollarga teng.
Nissan Tokio motorşousida “ğildiraklar ustidagi gajyet”ni namoyiş etadi>>

Nissan kompaniyasi Tokioda bölib ötadigan motorşouga ğildiraklar ustidagi mobil gajyet deb nomlagan Teatro for Dayz kontseptual key-karini olib boradi. Mazkur avtomobil prototipi asosan ötgan asrning 90- yillari oxiri, 2000 yillar avvalida dunyoga kelgan “Z avlodi” deb nomlanuvçi yangi davr vakillari uçun möljallangan.
Aktau şahrida egizak opa-singil egizak aka-uka bilan turmuş qurdi>>

Qozoğistonning Aktau şahrida istiqomat qiluvçi Torebek va Joldasbek Tolepbergenovlar Asil va Ayim ismli egizak qizlarga uylanişdi.
Dunyoning eng nufuzli 50 nafar kişisi reytingi e'lon qilindi>>
Bloomberg naşriyoti har yili çop etadigan işbilarmon dunyo vakillari orasida nufuzga ega insonlar Most Influential reytingini e'lon qildi. Şuni qayd etiş joizki, bu yilgi röyxatdan rossiyalik familiyalar örin egallamadi. Bundan taşqari, jadvalni Alibaba asosçisi Jyek Ma va ukrainalik milliarder Rinat Axmetovlar ham tark etdi.
Grozniy merligi töylarda içiş va öq otişni taqiqladi>>

Grozniy merligi çeçen urf odatlari va an'analariga muvofiq töy marosimlarini ötkaziş böyiça yangi böyruq çiqardi. Hujjat Grozniy merligi madaniyat departamentida e'lon qilindi.
Xolid Ergenç Kannda "Muhtaşam yuz yil"ning davomini taqdim qiladi>>

Köpçilik tomoşabinlar orasida ommalaşib ketgan, turk sultoni Sulaymon farzandlarining ayançli taqdiri haqidagi "Muhtaşam yuz yil" turk serialining muxlislari hali köz yoşlarini artib ulgurmasidan Turkiyada serialning davomi – "Muhtaşam yuz yil. Kyosem" serialini suratga oliş işlari boşlandi.
Lexus kartondan tayyorlangan avtomobilini namoyiş qildi>>

Lexus kompaniyasi Lexus IS avtomobilining karton qoğozidan tayyorlangan nusxasini işlab çiqdi, deya xabar bermoqda Techradar portali.
Maşina harakatlanişi uçun karkasi temir va alyuminiydan tayyorlangan elektr motor örnatildi. Ğildirak, korpus va salonni tayyorlaş uçun qalinligi 10 millimetr bölgan 1700ta karton qoğozi işlatildi.
Microsoft'dan yangi Lumia smartfonlari, Surface Pro 4 planşeti va Surface Book noutbuki>>

6 oktabrda Nyu-Yorkda Microsoft kompaniyasining yangi mahsulotlari taqdimoti bölib ötdi. Kompaniya Windows 10 da işlovçi Lumia 950 va 950 XL smartfonlari, Surface Pro 4 palnşeti va barça uçun kutilmagan bölgan Surface Book noutbukini taqdim etdi.
Texasda 12 yoşli qizça kuniga 12 ming marta aksa urmoqda>>

Texasda istiqomat qiluvçi 12 yoşli qizaloq 3 hafta davomida daqiqasiga örtaça 20 martadan aksa urdi. Bu haqda AVS NEWS xabar bergan.
Xitoydagi 50 polosali trassada ulkan tirbandlik yuzaga keldi>>

Xitoyda yangi oçilgan Pekin — Gonkong — Makao yönalişi boğlovçi 50 polosadan iborat avtotrassada darhol ulkan tirbandliklar yuzaga kela boşladi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar tarqatmoqda.
Times: Coca-Cola semizlikka homiylik qilmoqda>>

Coca-Cola kompaniyasi britan olimlari tomonidan ötkazilayotgan semizlik va şirin gazli içimliklar iste'mol qiliş örtasida boğliqlik mavjud emasligini isbotlaşga qaratilgan tadqiqot işlariga million funt sarfladi, deya xabar berdi The Times.
AQŞda 360 kg keladigan bemor pitssaga buyurtma bergani uçun şifoxonadan haydab yuborildi>>

AQŞning Rod-Aylend ştatida semizlikdan aziyat çekuvçi bemor pitssaga buyurtma bergandan keyin özi davolanayotgan şifoxonadan haydab yuborildi. Oqibatda 360 kilogramm toş bosadigan Stiven Assanti avtomobilda yaşaşiga töğri keldi, çunki uning yaqinlari unga uyga qaytişga ruxsat berişmadi.
Qirğizistonda sakkiz yaşar bola hojatxona örasiga tuşib ketgan ikki yaşar singlisini qutqarib qoldi>>

Qirğizistonning Öş şahrida ikkinçi sinf öquvçisi hojatxona örasiga tuşib ketgan ikki yaşar singlisini yarim soat davomida uşlab turdi.
VIDeO: Dunyodagi eng qörqinçli maşina>>

1951 yilda işlab çiqarilgan nemislarning uç ğildirakli Hoffman avtomobili töğrisidagi videoni joylaştirgan muallifning uşbu fikriga köpçilik qöşildi. Maşinaning katta qismi qölda yiğilganga öxşaydi, uni işlab çiqqan kişining barça dizaynerlik işi esa barbod bölgan körinadi.
Toşkentlik oşiq sevgilisiga Özbekistondagi eng ulkan guldastani tortiq qildi>>

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt yöllarida evakuatorda olib ketilayotgan ulkan guldasta fotosuratlari paydo böldi.







