Rossiya poytaxti Moskvada sodir etilişi rejalaştirilgan teraktni uyuştirişda gumon qilinib qölga olinganlarning uç nafari Suriya fuqarolaridir. Bu haqda «Interfaks» axborot agentligi xabar tarqatdi.

Manbada yozilişiça, gumondor sifatida jami 10 nafar odam hibsga olingan.

«Interfaks»ning boşqa xabarida esa şubha ostidagilarning köpçiligi Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari ekani aytib ötilgandi. Ulardan beş kilogramm oğirlikdagi portlovçi qurilma topilgan. Bomba mobil qurilma orqali harakatga keltirişga möljallangan bölgan.

Ma'lumot örnida ta'kidlab ötiş joiz, Moskvada sodir etilişi mumkin bölgan terakt haqida 11 oktabr kuni keçqurun Milliy antiterror qömitasi ogohlantirgandi. Tezqor tadbirlar natijasida qölbola portlovçi moddalar topilgani xabar qilingan.