Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 12 oktabridan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga köra, 1 AQŞ dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 söm 14 tiyinga qimmatlaşib, qiymati 2649,22 sömni taşkil qilmoqda. 1 Yevro roppa-rosa 22 sömga qimmatlaşib 2981 söm 1 tiyinni taşkil qilib turibdi.
Bu haftada Rossiya rublining sömga nisbatan qiymati kattaroq miqdorda ösdi. Yangi kursga köra, 1 Rossiya rubli 3 söm 26 tiyinga qimmatlaşib, 43 söm 22 tiyin qiymatga ega bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, valyuta qiymatini belgilaş çoğida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan.






