Şina poly group corporation (qisqartmasi poly group) korporatsiyasi Özbekistonda kauçuk zavodini barpo etişga kirişdi, deya xabar bermoqda Sinxuanet.
Maxsus sanoat zonasidagi yangi zavod qurilişi joyida tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Unda Özbekiston boş vaziri örinbosari Ğulomjon Ibrohimov, Xitoyning Özbekistondagi elçisi Sun Litsze, Poly Group boş direktori va Poly Technologies boşqaruv raisi Çjan Çjengao va boşqalar iştirok etdi.
Qariyb 6 yil davom etgan muzokaralar va savdolardan söng Poly Technologies özbek tomonini şerik sifatida tanladi.

2014 yil avgustida Özbekiston prezidentining Xitoyga taşrifi çoğida Poly Technologies kompaniyasi «Özkimyosanoat» davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan umumiy qiymati qariyb 185 mln dollar bölgan injiniring, yetkazib beriş va quriliş (engeneering, procurement, construction)ni öz içiga olgan EPC boş şartnomasini imzolagan edi.

Şu bilan birga, birinçi bosqiçda yiliga 3 million dona avtomobil şinalari, 200 mingta qişloq xöjaligi şinalari hamda 100 ming metr konveyer lentasini işlab çiqariş quvvatiga ega obektlarni quriş hamda tayyor holda foydalanişga topşiriş maqsadi belgilangan.

2014 yilda özbek tomoni taklifi bilan Poly Technologies loyiha jamoasi Özbekistonga ikki kunlik taşrif bilan keldi. Taşrif jarayonida tomonlar kelgusidagi rejalar tafsilotlarini muhokama qilişdi.

2014 yilning 4 dekabrida esa Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Angren» erkin industrial zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilişini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi Qarori qabul qilindi.