Turk tergovçilari Anqaradagi teraktlarni katta ehtimol bilan IŞID terroristik guruhi taşkil etgan, degan xulosaga kelişdi. Bu haqda 12 oktabr kuni NV telekanali efirida Turkiya boş vaziri Ahmed Dovudöğli ma'lum qildi.
“Albatta, birinçi navbatda biz IŞIDning aloqador ekanini aniqlaştiramiz, u asosiy gumondor hisoblanadi”, - dedi boş vazir. Uning qöşimça qilişiça, terroristlardan birining şaxsi ma'lum böldi, bu esa portlaşlarning terroristik taşkilotlardan biri bilan boğliq ekanini körsatadi.
Boş vazirning ta'kidlaşiça, bir neça kun muqaddam Istambul va Anqarada ötkazilgan aksilterror amaliyotlari vaqtida xavfsizlik tuzilmalari xudkuşlik jinoyatini sodir etişga tayyorgarlik körgan şaxslardan birini qölga olgan.






