2016 yil 1 yanvaridan Özbekistonda tadbirkorlarga hokimiyatlar qoşidagi “Yagona oina” orqali 16 turdagi davlat xizmatlari körsatiladi. Bu holat mamlakat rahbari 2015 yil 20 sentabrida tasdiqlagan qaror matnida körsatildi.
Şuningdek, hujjatda körsatilgan muddatdan vazirliklar, davlat organlari va boşqa taşkilotlardagi “Yagona oina”lar faoliyati töxtatilişi belgilangan.