BMT özining Afğonistonga kömak beriş missiyasida işlagan huquq himoyaçisi Turpoqoy Ölfatning ölimini tasdiqladi va “öz xodimasining öldirilişidan aççiqlanayotganini” aytdi. Bu haqda ABC News telekanali ma'lum qildi.
BMT Boş kotibi Pan Gi Mun marhumaning oila a'zolariga özi hamdardligini bildirdi hamda mahalliy hukumatni jinoyatning tafsilotlarini batafsil va tezkorlik bilan tergov qilişga va jinoyatçilarni javobgarlikka tortişga çaqirdi. BMT Boş kotibining rasmiy vakili Farxon Haq jahon taşkiloti xodimlariga nisbatan zöravonlik qiliş xalqaro gumanitar huquqning buzilişi ekanligini eslatib ötdi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, oxirgi yillar davomida BMTning Afğonistonga kömak beriş missiyasida işlagan Turpoqoy Ölfat 12 oktabrda Qandahor şahrida işga ketayotganda öldirilgan. Motosiklda bölgan jinoyatçilar unga qarata öq uzgan va voqea joyidan qoçib ketgan. Qotillik sabablari hozirça noma'lumligiça qolmoqda.
Ayni paytda birorta ham guruh yoki şaxs uşbu jinoyat uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmadi. Qotillik yuzasidan tergov boşlandi.
2014 yilning 18 yanvarida Qobuldagi teraktda xuddi şu missiyaning rossiyalik a'zosi halok bölgan edi. Öşanda terrorçi-xudkuş özini portlatişi oqibatida 21 kişi, şu jumladan 13 nafar xorijlik halok bölgan. Uşbu terakt uçun javobgarlikni “Tolibon” harakati öz zimmasiga olgan edi.






