Yamanda oziq-ovqat mahsulotlari uçun narx-navolar qurolli mojarolar boşlanganidan beri 45 foizga qadar ösdi. Bu haqda BMT boş kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, faqatgina sentabr oyida narxlar ötgan oydagiga qaraganda 28 foizga kötarilgan. “Kelib tuşayotgan xabarlarga köra, oziq-ovqat mahsulotlari narxi sentabr oyida avgustga nisbatan 28 foizga oşib, inqiroz davrigaça bölgan paytdagidan 45 foizga qimmatlaşdi”, - dedi u.

Dyujarrikning ta'kidlaşiça, BMT mamlakatda yonilği yetişmasligini ham qayd etmoqda. “Gumanitar masalalar koordinatsiyasi böyiça boşqarmaning xabar berişiça, sentabr oyida Yamanga Qizil dengiz orqali yonilğiga bölgan ehtiyojning faqatgina 1 foizini qoplaşga yetarli mahsulotlar kirib kelgan”, - dedi u. Ötgan oyda esa bu raqam 12 foizni taşkil etgan.

BMT ma'lumotlariga köra, Yamanda harbiy harakatlar boşlanganidan buyon 2,1 ming tinç aholi vakillari hayotdan köz yumdi, mamlakat fuqarolarining taxminan 80 foizini taşkil etadigan 21 mln yamanlik oziz-ovqat, dori-darmon va birlamçi mahsulotlarga ehtiyojmand. Tijoriy kemalar orqali qurol-yaroğ olib kirilişidan xavfsiragan Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiya Yamanni töliq blokada qilgani sababli mamlakatdagi gumanitar vaziyat tobora murakkablaşib bormoqda.