“Oila davrasida” gazetasi sahifalaridan töy-ma'rakalardagi isrofgarçilik hamda “uvol” tuşunçasining unutilib borayotgani masalasiga bağişlangan material e'lon qilindi.
“Isrofgarçilik katta gunoh sanaladi, - deb yozadi muallif. – Uvol qiliş esa barakani ketkazadi. Ammo bugun bu kabi qadriyatlarimizning e'tibordan biroz olisda qolib ketayotgandek. Yoşlar-ku, mayli, yoş, ular bunday gaplardan bexabar-da, deymiz. Lekin otaxon-u onaxonlar, köpni körgan kayvonilar, töyboşilar ham uvolga arzimas narsa deb qaraydigan bölib qolişgan”.
Muallifning fikriça, yöl qöyilayotgan isrofgarçilik oqibatida bu qadriyat unutilib ketişi mumkin.
“Agar şu zaylda ketaveradigan bölsak, yoşlar bunaqa tuşunçalarni bora-bora ertak deb qabul qilişi aniq”, - deydi u.






