“Özbekenergo” AJ 2015 yilning 9 oylik yakunlarini e'lon qildi.
Unga köra, 2015 yilning 9 oyi içida tovar mahsuloti işlab çiqariş hajmi soha böyiça 100,2 foizni taşkil qildi. Iste'molçilarga 35,1 mlrd. kVt•soat hajmda elektr energiyasi yetkazib berildi hamda issiqlik energiyasi 5,8 mln. Gkal hajmda uzatildi.
“2015 yilga Özbekiston Respublikasining Investitsiyaviy dasturi töğrisida”gi qarorga muvofiq “Özbekenergo” AJ tomonidan 26ta yirik investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş, şulardan joriy yilda 8ta obektlarni işga tuşiriş közda tutilmoqda.
Jumladan, Tolimarjon IESini ikkita har biri 450 MVt quvvatiga ega bölgan, Toşkent IESda quvvati 370 MVt, Angren IESda kullik darajasi yuqori bölgan kömir yoqiş uçun möljallangan 130-150 MVt quvvatli energoblokni quriş, Taxiatoş IESda 230-280 MVt quvvatli ikkita buğ-gaz qurilmasini quriş hamda ikkinçi 450 MVt quvvatli buğ-gaz qurilmasini quriş bilan Navoiy IESni kengaytiriş böyiça loyiha işlari olib borilmoqda.
“Özbekenergo” AJ korxonalari tomonidan ötgan davr içida yuridik iste'molçilariga 244,9 ming ortiq uç fazali va 150,0 ming bir fazali elektron hisob asboblari, maişiy iste'molçilariga 20,2 ming uç fazali va 3649,3 ming bir fazali elektron hisob asboblari örnatildi.






