Özbek-qirğiz çegarasi uçastkasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanişiga qarşi qarşi kuraşiş uçun hamkorlikdagi çegara idorasi oçiladi, deya xabar qildi RIA “Novosti” mazkur loyihani amalga oşirgan BMTning narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC)ning Toşkentdagi byurosi ma'lumotiga asoslangan holda.
Idora “Döstlik” nazorat-ötkaziş punktida taşkil etilib, uning jihozlanişi Bişkek, Toşkent va xalqaro şeriklar tomonidan amalga oşiriladi.
UNODC vakilining oydinlik kiritişiça, idora razvedka ma'lumotlarini ayirboşlaş mexanizmlari va ikki mamlakat çegara tuzilmalari örtasida aloqani taşkil etiş böyiça loyiha doirasida faoliyat körsatadi. Çegaralar böylab yana bir neçta şu kabi idoralar taşkil etiş rejalaştirilgan.
Özbekiston va Qirğiziston hududlari orqali “Şimoliy yönaliş” deb nomlanuvçi Afğonistondan Rossiya, söngra Yevropa mamlakatlariga har yili 100 tonnagaça kuçli ta'sir körsatuvçi narkotik moddalar olib ötiladigan giyohvand moddalarni yetkazib beriş böyiça dunyodagi yirik narkooqim joylaşgan.






