Ukraina 25 oktabrdan Rosaviatsiyadan Ukraina aviakompaniyalariga Rossiya sanksiyalari böyiça javob bölmagani tufayli Rossiya bilan havo aloqasini töliq yopib qöymoqda. Bu haqda Ukraina davlat aviaxizmati xabarida ma'lum qilingan.
“Bu çora barça Rossiya aviakompaniyalariga qöllanadi va Rossiya aviatsion mutassadilari tomonidan Ukraina aviakompaniyalariga kiritilgan taqiqlovlar bekor qilingunga qadar amalda böladi. Rossiya tomonidan taqiqlov bekor qilingandan keyin sanktsion röyxatga tuşmagan Rossiya aviakompaniyalari Ukrainaga parvoz qila oladilar”, deyiladi xabarda.
Ukrainaning sanktsion röyxatiga Rossiyaning “Aeroflot”, “Transaero”, “Uralskiye avialinii”, “Sibir”, “Rossiya”, “Orenburgskiye avialinii”, “Yamal”, “Red Wings”, “VIM-Avia”, “Gazpromavia” va boşqa aviakompaniyalari kiritilgan.






