Avval xabar qilganimizdek, Abdusamatov boşçiligidagi Özbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015 yilning 12-13 oktabr kunlari Milan şahrida (Italiya) bölib ötadigan Atrof muhit va suv resurslari böyiça yuqori darajadagi “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” beşinçi konferensiyasida iştirok etdi.
Konferentsiyada qayd etilişiça, sönggi 15 yil içida Özbekiston yalpi içki mahsuloti energiya siğimi (mahsulot tayyorlaş, xizmat körsatiş böyiça texnologik jarayonda energiya iste'mol qiliş qiymati) 55 foizga kamaydi.
Ma'lumot uçun, Özbekiston YaIM energiya siğimi 2000 yildan buyon 0,98 neft ekvivalentidagi tonnadan 0,48 gaça pasaygan.
Ayni paytda mamlakatimizda sanoatning energiya samaradorligini Jahon bankining 125 million dollarlik kreditlari hisobidan oşiriş dasturi amalga oşirilmoqda. Bu sohaga kiritiladigan investitsiyalar energetika tizimlari, işlab çiqariş uskunalarini almaştiriş yoki modernizatsiya qiliş, isitiş uçun ikkilamçi issiqlikdan foydalaniş, qayta işlanadigan energiya manbalarini qamrab oladi.
Rasmiy ma'lumotlarda keltirilişiça, Özbekistonda 2030 yil oxiriga qadar energiya manbalariga bölgan talab 2013 yilga nisbatan 5,5 foizga ösadi va YaIMning yiliga 8—8,5 foizga ösişi sur'ati saqlanib qolgan holda 43,5 million neft ekvivalentidagi tonnani taşkil etadi.






