AQŞ Milliy xavfsizlik agentligi(MXA)ning sobiq xizmatçisi Edvard Snouden mamlakat tarixidagi “Amerikaning eng zararli sotqini”, uning tarafdorlari esa xoinning qançalar “zarar keltirişi” töğrisida şunçaki tasavvurga ega emas. Bunday fikrlarni AQŞ Kongressi vakillar palatasining razvedka böyiça a'zosi, respublikaçi Kris Styuart Solt-Leyk-Siti (Yuta ştati)da bölib ötgan xavfsizlik masalalariga bağişlangan konferensiyada aytib ötdi.
Forumda MXAning köplab mamlakatlar, jumladan, AQŞning Yevropa, Osiyo, Janubiy Amerikadagi ittifoqdoş davlatlar rahbarlari telefon qönğiroqlarining eşitilişi va internet xabarlarining öqilişi bilan boğliq şov-şuvli mojaro mavzusi yetakçilik qildi. Biroq Styuart ulardan farqli ravişda, Solt-Leyk-Sitidan janubroqdagi Blaffdeylda joylaşgan Milliy gvardiya bazasida faoliyat körsatayotgan MXA ma'lumotlar saqlaş maxfiy markazida nomini oşkor qilmagan amerikaliklarning nimalar maşğul bölayotgani töğrisidagi şubhalarini e'lon qildi. “Blaffdeylga yaqinlaşar ekanman, göyoki u yerda mening Facebook`im tekşirilib, tölagan soliqlarim töğrisida ma'lumot töplanayotgan, telefon qönğiroqlarim tinglanayotgandek tasavvur uyğonadi. Sizlarni işontirib aytamanki, ularning maqsadlari boşqaça aslida”, - deya aytib ötdi.
Ayni paytda Rossiyadan vaqtinça boşpana topgan Snouden 2012 yil bahorida MXAning Gavayyadagi mintaqaviy markazida taxminan bir oyça işlagan. Bu vaqt içida u elektron josuslik sohasida Amerikaning maxfiy dasturlari haqida köp miqdordagi ma'lumotlarni töplab, ularni e'lon qilgan edi. Natijada xalqaro mojarolar boşlanib, AQŞ va boşqa davlatlar örtasidagi munosabatlar yomonlaşgan. Bu kabi yirik miqdorda maxfiy ma'lumotlarning çiqib ketişi AQŞda 1952 yildan buyon kuzatilmayotgan edi.
AQŞda Snoudenga nisbatan Amerika maxsus xizmatlari maxfiy ma'lumotlarnini oşkor qiliş aybi qöyilib, unga nisbatan uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan.






