«Mançester Yunayted» jamoasi darvozaboni David De Xea özining yangi 4 yillik şartnomasida ustama puli 30 mln funt etib belgilangani böyiça savollarga javob berişni istamadi.

"Bu haqda mendan emas, agentim Jorjye Mendeşdan sörang. Şartnomaning bu jihatlari bilan u şağullanadi", deydi darvozabon.

The Guardian naşri jurnalisti bu borada "MYu" rahbariyatiga murojaat qilgan va javob ololmagan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning yozgi transferlarining sönggi kunida De Xeaning "Real"ga ötişi amalga oşmay qolgandi.