Özbekistonda muhim strategik tarmoq – Qamçiq dovonida xavfsizlikni oşiriş böyiça loyihani amalga oşiriş işlari boşlandi, deya xabar qildi Sputnik FVVdagi axborot manbasiga asoslangan holda.
Bugungi kunda dovon aholi eng gavjum hudud – Farğona vodiysini Özbekistonning boşqa viloyatlari bilan boğlaydigan yagona transport arteriyasi hisoblanadi. Har kuni bu yerdan 15-20 minggaça avtomobil qatnaydi. Şuningdek, uşbu qismda yöl murakkab toğ şaroitlari orqali ötib, bu yerda muzlaş va qor tufayli köplab YTHlar kuzatiladi, deya qayd etdi axborot manbasi.
Ayni paytda bu yerda FVVning maxsus qidiruv-qutqaruv otryadlari faoliyat körsatmoqda. Şuningdek, turli xizmatlar mutaxassislaridan iborat 24 soatlik navbatçilik postlari mavjud bölib, ularning har biri özlariga tegişli yöl uçastkasi uçun javobgar hisoblanişadi. Suhbatdoşning sözlariga köra, ular yöllarni vizual kuzatuv olib borib, barça axborotlarni real vaqt rejimida dovonning yuqori qismidagi birlaşgan ştabga yetkazib turişadi.
Yangi videokuzatuv tizimi endilikda butun yöl böylab örnatilib, maxsus xizmatlar har qanday tahdidlarni tezkorlik bilan bartaraf etişadi. Bularga tabiat hodisalari – tuproq öpirilişi, toş qulaşi va köçkilar, şuningdek, terroristik tahdidlar ham kiradi.
“Ularning örnatilişi bilan ştab nafaqat otryadlardan oğzaki axborotlarni qabul qilib oladi, balki kameralar va monitorlar yordamida yöllarda qayd etilgan hodisalarni kuzatib ham borişadi”, - dedi axborot manbasi.
Bugungi kunda barça zarur texnik uskuna va vositalar joylarga yetkazilgan bölib, tizimni qişki mavsum kirib kelişiga qadar işga tuşiriş rejalaştirilgan, deya qayd etdi mutaxassis.






