"Real" klubining sobiq hujumçisi Raul faoliyatini yakunlaş niyatida. Ayni vaqtda "Nyu York Kosmos" klubi hujumçisi hisoblanadigan futbolçi bu niyati haqida klub rahbariyatini ogohlantirgan va noyabr oyida butsalarini mixga ilişni rejalaştirgan.
"Raul hozirça bu borada yakuniy qarorga kelganiça yöq. Ammo kuzda katta futboldan ketişi deyarli aniq bölib qolgan", deb yozadi As naşri.
Futbolçining bunday qarorga kelişiga 38 yoşida maşğulotlarda va öyinlarda töliq kuç bilan işlaş imkoni çeklangani bilan boğliq.
Şuningdek, u öz oilasiga köproq vaqt ajratişni istmoqda.






