Qozoğistonning Almati şahridan Moskvaga mahalliy vaqt bilan 6.30 (Toşkent vaqti bilan 5.30)da uçişi kerak bölgan «Transaero» samolyoti parvozi 18:20 (17:20 tv)ga qoldirildi. Yana bir 18:20da (17:20 tv) parvoz qilişi kerak bölgan reys esa bekor qilindi, deb yozadi RIA «Novosti» agentligi.
«Transaero» kompaniyasi bu özgarişlarga taşkilotning qarzdorligi sabab bölganini ta'kidlab ötgan. Qarz miqdori borasida heç qanday ma'lumotlar berilmagan.
Eslatib ötamiz, oldinroq «Transaero» 15 oktabrdagi 61ta reysni bekor qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.






