Afğonistonda opium köknorisi yetiştiriladigan plantatsiyalar deyarli 20 foizga qisqardi. Bunday kamayiş oxirgi 6 yilda birinçi marta qayd etildi. Bundan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi va Afğonistonning giyohvand moddalar bilan kuraşiş vazirligi bayonotidagi ma'lumotlar darak bermoqda. 

Bu ma'lumotlarga köra, köknori yetiştiriladigan maydonlar 2015 yilda 183 ming gektarni taşkil qildi hamda 2014 yildagi 224 ming gektar maydonga nisbatan 19 foizga qisqardi.

Bayonotga köra, qöknori ekin maydonlarining qisqarişiga yomon ob-havo şaroitlari hamda davlatning giyohvandlikka qarşi tarğibotlari asosiy sabab bölgan.