Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzod milliarder Donald Tramp Amerika Maxfiy xizmati hozirdan unga soqçi tayinlaşini xohlamoqda. Bu haqda ayni paytda saylovoldi kampaniyasida respublikaçi-nomzodlar orasida yetakçilik qilayotgan Tramp "Xill" gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.

“Ogohlantirib ötişni istardimki, ular zimmasida ham javobgarlik yotişi kerak, - dedi tadbirkor AQŞ Maxfiy xizmati rahbarlari töğrisida sözlar ekan. – Şaxsan men AQŞning amaldagi prezidenti Barak Obama 2008 yilda bölib ötgan avvalgi saylov kampaniyasida xuddi men kabi yaxşi natija körsatganida, unda Maxfiy xizmat soqçilari ertaroq bölardi, degan fikrdaman”.

Uning qayd etişiça, hozirgi saylov kampaniyasida respublikaçi nomzodlar içida “eng köp olomon”ni töplamoqda. “Men respublikaçi bölsam ham, ular şoşişmayapti. Ularga baribir”, - deya hazilomuz qöşimça qildi Tramp.
Keyinroq sözlariga jiddiy ohang berib, Maxsus xizmatlarni öz vazifalarini bajarişda zaruratsiz harakatlarni amalga oşirişda ayblamoqçi emasligini aytib ötdi.

“Albatta ular men bilan nimadir sodir bölişini xohlaydi, deb hisoblamayman. Lekin, menimça, ular faolroq bölib, men kabi “saylovoldi mitinglarda) 20 minglab odam töplayotgan kişini himoya qilişga kirişişlari kerak”, - deya oydinlik kiritdi 69 yoşli Tramp.

Uning aytişiça, şaxsiy soqçilari uşbu masalada Maxsus xizmat vakillari bilan maslahatlaşuvlarga kirişgan. Biroq hozirça ular biror javob olişmagan.
Öz navbatida, Maxfiy xizmat Tramp xafsizligini ta'minlaş böyiça rasmiy murojaat kelib tuşmagani, agarda şunday ariza taqdim etilsa, örnatilgan tartibda körib çiqilişini ma'lum qildi.