Google vitse-prezidenti Umid Kurdistoniy Twitter`ning ijroçi direktori sifatida işlaşda davom etadi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy tvitteri orqali xabar berilgan.
"Umid Kurdistoniy bizning yangi ijroçi direktorimiz böladi", deb yoziladi bu tvitda.
Öz navbatida Kurdistoniy ham yangi işi haqida ma'lum qilib, Twitter jamoasiga qöşilganidan mamnun ekanini bildirgan.
U endilikda, kompaniya rahbarligini öz qöliga olgan Jyek Dorsi bilan hamkorlikda faoliyat körsatadi.
Biroz oldinroq, Twitter kompaniyasi öz xodimlari sonini qisqartirişi, mavjud 4100 örin 8 foizga kamaytirilib, 336 nafar xodimga javob berilişi aytilgandi.






