Ötgan mavsum yakunlariga köra "Oltin butsa" sohibiga aylangan Kriştianu Ronaldu özining hozirgi sport formasini 36 yoşiga qadar saqlab qolmoqçi.

"Oltin butsa" mukofotini törtinçi marta qölga kiritgan "Real" hujumçisi kelgusida ham mukofotlar olişda davom etişni rejalaştirgan.

"Menga qanday oyoq kiyimda gol urişning farqi yöq. Oddiy butsalarda ham öynay olaman. Muhimi gol uriş. Umid qilamanki, hozirgi jismoniy holatim va sport formam kamida 36 yoşimgaça saqlanib qoladi", deydi portugaliyalik futbolçi özining törtinçi "Oltin butsa"sini qabul qilib olganidan söng.

2014-2015 yillar mavsumiga köra Ronaldu 48ta gol urdi. Joriy mavsumda esa u La ligadagi 7ta öyinda 5ta gol urdi.