15 oktabr kuni Qozoğistonning Ostona şahrida MDHga a'zo davlatlar taşqi işlar vazirlari Kengaşining yiğilişi bölib ötadi.
Uşbu yiğilişda jami 22ta masala körib çiqiladi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vazirligi tarqatgan xabarda ma'lum qilingan.
Kun tartibida körib çiqiladigan masalalar orasida MDHga a'zo davlatlar rahbarlarining BMT taşkil topganiga 70 yil tölişi munosabati bilan va xalqaro terrorizmga qarşi kuraş borasidagi bayonoti loyihasini tasdiqlaş, şuningdek MDH davlat rahbarlarining 2016 yilda Çernobl AESi halokatiga 30 yil tölişi munosabati bilan murojaati kabi hujjatlar mavjud.
2016 yilda MDHga 25 yil tölişi munosabati bilan iqtisodiy, fan va madaniy-gumanitar sohalarda bir qator hamkorlikdagi tadbirlar rejasini tasdiqlaş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, vazirlar gumanitar va huquq tartibot sohasidagi hujjat loyihalarini körib çiqadi. Ular e'tiboriga MDHga a'zo davlatlarning 2020 yilgaça harbiy sohadagi hamkorlik konsepsiyasi loyihasi tasdiqlaş uçun taqdim etiladi.
Yiğiliş yakuni böyiça imzolangan hujjatlar taşkilotga a'zo davlatlar rahbarlari Kengaşi yiğilişida tasdiqlaş uçun yuboriladi.






